Bu hamkorlik mamlakatni jozibador sayyohlik yönalişi sifatida har tomonlama tarğib qiliş böyiça strategik kampaniyaning bir qismidir.
Hamkorlik doirasida Rossiyaning oltita yirik şahri – Sankt-Peterburg, Qozon, Novosibirsk, Yekaterinburg va Moskvada bir qator seminarlar ötkaziş rejalaştirilgan. Uşbu tadbirlar ikki davlat turoperatorlari örtasida töğridan töğri muloqot örnatiş şuningdek, özaro tajriba almaşiş, yangi sayyohlik mahsulotlarini taqdim etiş va biznes aloqalarini yölga qöyiş uçun muhim maydonga aylanadi.
Har bir uçraşuvda 500 dan 1500 gaça turizm sohasi mutaxassislari, xususan, agentlar, turoperatorlar, ixtisoslaşgan ommaviy axborot vositalari vakillari va boşqa ekspertlar iştirok etişi kutilmoqda.
Bundan taşqari, ixtisoslaştirilgan onlayn platformalar, ijtimoiy tarmoqlar va axborot naşrlarini qamrab oluvçi keng kölamli media kampaniyasi rejalaştirilgan. Vebinarlar, reklama materiallarini çop etiş, bannerlarni joylaştiriş rejalaştirilgan. Bularning barçasi rossiyalik sayyohlar orasida Özbekiston sayyohlik salohiyatini keng tarğib qiliş va mamlakatga turistlar oqimini oşirişga qaratilgan.












