Sport | 07:35 / 29.07.2024
2408
1 daqiqa o‘qiladi

Mercedes poygachisi Belgiya Gran-prisida g‘alaba qozonganidan so‘ng diskvalifikatsiya qilindi

Jorj Rassell bolidining og‘irligi zarur bo‘lganidan kamroq bo‘lib chiqdi - undan yonilg‘i chiqarib olingan. Shu tufayli Lyuis Hemilton poygada g‘olib chiqdi.

Foto: REUTERS/Johanna Geron

Britaniyalik Mercedes poygachisi Jorj Rassell «Formula-1» poygasi bo‘yicha Belgiya Gran-prisida uning mashinasining og‘irligi minimal talab qilinganidan 1,5 kg kam bo‘lgani uchun g‘alabadan mahrum bo‘ldi, deb xabar beradi «qirollik poygalari» sayti. 

Texnik delegatning hisobotida aytilishicha, mashina dastlab minimal og‘irligi 798 kg bo‘lgan, ammo keyin undan 2,8 litr yonilg‘i chiqarib yuborilgan. 

Mercedes jamoasi bu ularning xatosi ekanini tan oldi va bu ishda yengillashtiruvchi holatlar yo‘qligini bildirdi. 

Rassellning jamoadoshi Lyuis Hemilton poyga g‘olibi deb e’lon qilindi, Oskar Piastri (McLaren) ikkinchi, Sharl Lekler (Ferrari) uchinchi bo‘ldi. 

Mavzuga oid