Germaniyada Mercedes avtomobillari sotilishi taqiqlanishi mumkin
Germaniyaning Daimler avtokompaniyasi Finlyandiyaning Nokia telekommunikatsiya kompaniyasiga patent bo‘yicha bahsni yutqazdi. Endi Mercedes-Benz avtomobillari savdosi taqiqlanishi mumkin.

Foto : KUN.UZ
18 avgust kuni Mangeym shahri sudi Nokia kompaniyasi da'vosini qanoatlantirdi. Sud Daimler kompaniyasining Nokia kompaniyasiga tegishli bo‘lgan telekommunikatsiya texnologiyalaridan patensiz foydalanganini aniqladi.
Endi Daimler kompaniyasi Nokia texnologiyalari joriy qilingan va sotilgan avtomobillar miqdori haqida xabar berishi shart. Daimler rahbariyati sudning qaroridan norozi va apellyatsiya bermoqchi.
Mercedes avtomobillarining Germaniyada sotilishini taqiqlash uchun Nokia alohida da'vo arizasini berishi va uning 7 milliard yevro miqdoridagi ta'minotini taqdim qilishi lozim.
Nemis qonunlariga ko‘ra, patent egalari taqiq kuchga kirgan taqdirda javobgarning zarar ko‘rishiga mas'ul bo‘ladi. Agar da'vo arizasi berilsa, Mercedes avtomobillarining savdosi taqiqlanadi.
Biroq Daimler apellyatsiya berishi ham mumkin. Agar kompaniya sudda yutib chiqsa, ta'minot qiymati yoki uning bir qismi savdoga qo‘yilgan taqiqdan kelib chiqadigan zararni qoplash uchun sarflanadi.
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda tornado va suv toshqinlari oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 23:47 / 07.04.2025
-
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
Jamiyat | 23:03 / 07.04.2025
-
Hindistonda soxta kardiojarroh 15 kishini operatsiya qildi. Kamida yetti bemor vafot etdi
Jahon | 22:59 / 07.04.2025
-
Fransiya, Misr va Iordaniya yetakchilari G‘azo bo‘yicha kelishuvni tiklashga chaqirdi
Jahon | 22:18 / 07.04.2025
Mavzuga oid

20:10 / 25.03.2025
Mercedes o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shaydigan xodimlariga 500 ming yevrogacha pul taklif qilmoqda

11:16 / 17.01.2025
Nokia smartfonlari sotuvdan olib tashlandi

12:58 / 13.11.2024
Mobil qurilmalar erasi: eng ko‘p sotilgan telefonlar

07:35 / 29.07.2024