Mercedes-Benz kompaniyasi 1,3 mlndan köproq maşinasini ortga qaytarib oladi. Bunga esa maşinalardagi favqulodda xizmatlarni çaqiriş tizimining nosoz işlaşi sabab hisoblanadi.

Associated Press axborot agentligi AQŞning mutasaddi taşkilotlariga tayanib xabar berişiça, avvalroq nemis kompaniyasiga avtomatik tizim Yevropada yöl-transport hodisasiga uçragan maşinaning örni haqida şoşilinç xizmatlarga notöğri xabar yuborgani ma'lum bölgan. Kompaniya 2019 yil oktyabrda uşbu holat yuzasidan taftiş boşlagan va şunga öxşaş boşqa holatlar ham yuz berganini aniqlagan. Kompaniya vakilining ta'kidlaşiça, biroq bunday holatlar AQŞda qayd qilinmagan.  

Kompaniyaning 2016 yildan 2021 yilgaça işlab çiqarilgan maşinalari, jumladan, CLA, GLA, GLE, GLS, SLC, A, GT, C, E, S, CLS, SL, B, GLB, GLC kabi modellari qaytarib olinadi. Şuningdek, Daimler Vans kompaniyasi 2016-2020 yillarda işlab çiqarilgan Metris va 2019-2020 yillarda işlab çiqarilgan Sprinter modellari ham qaytarib olinişini e'lon qilgan.

Bundan taşqari, Mercedes avtomobillardagi dasturiy ta'minotni bepul yangilab beradi. Maşinalar 6 apreldan boşlab qaytarib olinadi.