Jamiyat | 17:00 / 21.08.2024
8527
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Fan va texnologiyalar universiteti: zamonaviy ta’lim va yangi imkoniyatlar

2022-yil iyul oyida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan № 331658 litsenziyasi asosida tashkil etilgan Fan va texnologiyalar universiteti abituriyentlar orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, yuksak e’tiroflarga sazovor bo‘lmoqda. Universitetning asosiy vazifalaridan biri - malakali professor-o‘qituvchilardan xalqaro dasturlar asosidagi ta’lim nafaqat sifatli, balki hamyonbop bo‘lishi mumkinligini isbotlash.

Ta’lim imkoniyatlari

Fan va texnologiyalar universiteti o‘z faoliyatini 2022-yilda boshlaganiga qaramay, hozirda universitetda 5000 ga yaqin talaba tahsil olmoqda, ularga 100 ga yaqin malakali professor-o‘qituvchilar sifatli ta’lim berib kelmoqda. 

Bugungi kunda universitetda 18 ta bakalavriat yo‘nalishlari va 6 ta magistratura mutaxassisliklari mavjud. Katta ehtimol bilan bu yerda har bir abituriyent o‘z qiziqishlari va kelajakdagi maqsadlariga mos keladigan yo‘nalishni topishi mumkin.

Talabalikka qabul qilinish uchun abituriyentlar ichki onlayn yoki oflayn imtihondan o‘tishlari kerak bo‘ladi. Shu bilan birga, davlat imtihonlarida ishtirok etib, 50 dan baland ball olgan abituriyentlar imtihonsiz qabul qilinadi. Universitet abituriyentlar uchun yana boshqa bir qancha imtiyoz va chegirmalar taqdim etib, qulayliklar yaratmoqda:

- atigi 7,9 mln so‘mdan boshlanuvchi qulay kontrakt narxlari;

- chet tilini bilish bo‘yicha malaka sertifikatiga ega bo‘lganlarga kontrakt narxidan 30%gacha chegirma beriladi;

- talaba bo‘lgan er-xotin va yaqin qarindoshlar uchun har biriga kontrakt narxidan 10% chegirma beriladi;

- kontrakt to‘lovini 100% amalga oshirgan taqdirda 10% chegirma beriladi;

- talabalar uchun grant o‘rinlari mavjud, stipendiya beriladi;

- xalqaro universitetlar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan;

- ariza va imtihonlarni onlayn, yoki Telegram orqali topshirishlari mumkin.

Muvaffaqiyat sari yo‘l

Universitet yosh bo‘lishiga qaramay, hozirdan yuqori marralarni egallab, yuksak e’tiroflarga sazovor bo‘lmoqda. Universitet tarixidagi eng yorqin lahzalardan biri - uning terma jamoasi ishtirok etgan “Zakovat” intellektual o‘yinlarida erishilgan g‘alaba bo‘ldi. 2023 yil dekabr oyida universitet talabalari 135 ta OTM jamoalari, shu jumladan 1080 nafar talaba ishtirok etgan intellektual olimpiadaning respublika bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, 2 mlrd so‘m miqdoridagi Prezident sovg‘asi bilan taqdirlandi. Bu, albatta, universitetda talabalarga berilayotgan ta’lim sifatini yorqin namoyon qiladi.

Ta’lim olish uchun sharoitlar

Universitet Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi zamonaviy binoda joylashgan. O‘quv xonalari keng, shinam va eng yangi texnika bilan jihozlangan bo‘lib, talabalar bilim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Universitet hududida elektron kutubxona va 100 dan ortiq kompyuterga ega kovorking zonasi ham faoliyat yuritadi. Shu bilan birga, butun universitet bo‘ylab bepul Wi-Fi ham talabalarga internetda foydali kontent topishga va bilimlarini oshirishga yordam beradi.

Xalqaro hamkorliklar

Universitet xalqaro aloqalarni faol rivojlantirib, AQSh, Xitoy, Belarus, Qatar va boshqa mamlakatlar universitetlari bilan talabalar va o‘qituvchilar uchun almashinuv va stajirovka dasturlari bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. 

Shu bilan birga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida ushbu universitetlar bilan quyidagi tadbirlarni birgalikda tashkil etish ko‘zda tutilgan:

- PhD, DSc dasturlari bo‘yicha tayyorlov kurslarini hamkorlikda tashkil etish;

- professor-o‘qituvchilar va talabalarni hamkor universitetlarda o‘tkaziladigan seminar va konferensiyalarda ishtirok etishga jalb qilish;

- turli ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun qo‘shma ilmiy laboratoriyalar tashkil etish;

- xalqaro ta’lim, ilmiy loyiha va dasturlarda hamkorlikda ishtirok etish;

- tadqiqot loyihalari, konferensiyalar, seminarlarni birgalikda o‘tkazish;

- qo‘shma monografiyalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, to‘plamlar, ilmiy ishlar hamda boshqa o‘quv materiallarini nashr etish.

Talabalik hayoti

Universitetda o‘qishdan tashqari to‘garaklar, sport seksiyalari tashkil etilgan bo‘lib, u yerda talabalar o‘z iqtidori va qiziqishlarini rivojlantirishi mumkin. Kovorking zonasi esa qo‘shma loyihalar va startaplar ustida ishlash uchun talabalarga ajoyib sharoitlar yaratadi. Universitetda, shuningdek, muntazam ravishda o‘z sohasining yetakchi mutaxassislari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, bu talabalarga so‘nggi tendensiyalardan xabardor bo‘lish va foydali professional aloqalarni o‘rnatish imkonini beradi.

Fan va texnologiyalar universiteti - har bir talaba o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, sifatli ta’lim olishi va muvaffaqiyatli kasbga tayyorlanishi mumkin bo‘lgan maskandir. 

Ma’lumot uchun: +99878-888-38-88

Manzil: Toshkent shahri, Al Xorazmiy dahasi, Diydor ko‘chasi 71. 

Mo‘ljal: sobiq Roison binosi.

Website | Instagram | Telegram | Facebook | YouTube

Reklama