O‘zbekistondagi maktab va universitetlarda ishlash uchun AQShdan yana 20 nafar o‘qituvchi keldi
Amerikalik 20 nafar o‘qituvchi O‘zbekistonga 10 ta hududdagi maktab va universitetda ingliz tilidan dars berish uchun keldi.
Yangi o‘quv yilida O‘zbekistondagi maktab va universitetlarda 20 nafar amerikalik ingliz tili o‘qituvchici ish boshladi.
Ular 2024−2025 o‘quv yilida O‘zbekistonning 10 ta viloyatida ingliz tilini o‘qitish va o‘rganishga yordam beradi. 2019 yildan buyon mamlakatda 21 ta davlat maktabi va 30 dan ortiq universitetda 98 nafar amerikalik ingliz tili o‘qituvchisi ishlamoqda.
Amerikalik mutaxassislardan foydalangan holda ingliz tilini o‘rgatish tashabbuslari 2019 yilda AQSh elchixonasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va texnologiyalar vazirligi tomonidan boshlangan.
«Loyiha AQSh hukumatining O‘zbekistonda ingliz tili ta’limini kuchaytirish, jumladan, butun mamlakat bo‘ylab 18 mingdan ortiq ingliz tili o‘qituvchisini tayyorlash borasidagi ulkan majburiyatlarining faqat bir qismidir», — deyiladi xabarda.
2018 yildan buyon AQSh hukumati O‘zbekistonda ingliz tili o‘qitish va o‘rganishga 31,2 million dollardan ortiq sarmoya kiritgan.
Mavzuga oid
12:00
AQSh FZT 2020 yildan beri birinchi marta asosiy stavkani pasaytirdi
13:00 / 18.09.2024
Rossiya elchisi: AQSh bilan qurol nazorati bo‘yicha muloqot imkonsiz
10:40 / 18.09.2024
CNN: AQSh zaxiralar kamayishi tufayli Ukrainaga yordamni qisqartirdi
18:33 / 17.09.2024