Fan-texnika | 21:52 / 13.09.2024
2496
1 daqiqa o‘qiladi

Apple o‘g‘irlangan ehtiyot qismlar o‘rnatilgan iPhone qurilmalarini bloklashni boshlaydi

Foydalanuvchining akkauntiga endi iPhone qurilmasidagi akkumulyator, kamera, ekran kabi ehtiyot qismlar seriya raqamlariga oid ma’lumotlar ham biriktiriladi.

Foto: AP

Apple ta’mirlash vaqtida o‘g‘irlangan qurilmalarning ehtiyot qismlari o‘rnatiladigan telefonlarni bloklashni boshlaydi.

Yangi funksiyaga 16 sentabr kuni taqdim etiladigan iOS 18 operatsion tizimi ega bo‘ladi. Foydalanuvchining akkauntiga endi iPhone qurilmasidagi akkumulyator, kamera, ekran kabi ehtiyot qismlar seriya raqamlariga oid ma’lumotlar ham biriktiriladi.

Activation Lock yoki Lost Mode funksiyalari faollashtirilgan bo‘lsa, ta’mirlangan qurilma yoqilgan vaqtda unga o‘rnatilgan ehtiyot qism o‘g‘irlangan ekani aniqlanadi va foydalanuvchidan parolni kiritish talab etiladi.

iOS 18 operatsion tizimi 20 sentabrdan sotuvga chiqadigan iPhone 16 seriyasidagi yangi modellarga o‘rnatiladi.

Eslatib o‘tamiz, 9 sentabr kuni It’s Glowtime taqdimoti doirasida Apple yangi smartfonlarini taqdim etgandi: iPhone 16, iPhone 16 Plus, iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max.

Mavzuga oid