Fan-texnika | 21:01 / 16.09.2024
15624
2 daqiqa o‘qiladi

iPhone 16 dastlabki savdolari Apple kutganidan past bo‘ldi

Yangi smartfonlar o‘tgan yilgidan 13 foizga yomonroq sotildi.

Foto: The Independent

Taniqli tahlilchi Min-Chi Kuo ma’lumotlariga ko‘ra, iPhone 16 liniyasi smartfonlariga talab Apple kutganidan past bo‘ldi. U kompaniya saytida chop etilgan qurilmalarni yetkazib berish zanjiri va muddatlari haqidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqib, shunday xulosaga keldi.

Birinchi haftada to‘rtta qurilmadan iborat yangi iPhone seriyasidan 37 millionga yaqin smartfon sotilgan. O‘tgan yili chiqarilgan iPhone 15 liniyasi bilan solishtirganda, bu ko‘rsatkich 13 foizga kamaydi.

Savdoning pasayishiga asosan iPhone 16 Pro va 16 Pro Max «aybdor»: ularning sotuvi o‘tgan yilgi shu kabi modellarga nisbatan 27 foizga kamaydi. Asosiy 16-model va iPhone 16 Plus talab bo‘yicha o‘zidan oldingi modellarni ortda qoldirdi, ammo bu Pro versiyalariga qiziqishning pasayishini qoplash uchun yetarli emas edi.

Kuo so‘zlariga ko‘ra, talabning kamayishi sabablaridan biri shundaki, iPhone 16 Pro va 16 Pro Max dastlab Apple Intelligence sun’iy intellekt funksiyasini qo‘llab-quvvatlamaydi – ularning ba’zilari oktyabr oyida, iOS 18.1 chiqarilgandan so‘ng ishlaydi. Bundan tashqari, dastlab ular faqat AQSh hududida ishlaydi.

Mavzuga oid