Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Futzal. O‘zbekiston jahon chempionatini jangovar durang bilan boshladi
Futzal bo‘yicha jahon chempionati ochilish o‘yinida O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentdagi “Humo arena”da Niderlandiyaga qarshi parketga tushdi.
Qiziqarli va shiddatli o‘tgan bahsda Xose Venansio Lopes shogirdlari so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi. Elbek To‘lqinov, Ixtiyor Ropiyev va Husniddin Nishonovning 40-daqiqadagi goli O‘zbekistonga Niderlandiyaga qarshi bahsda jangovar durangni keltirdi – 3:3.
Guruhdagi birinchi o‘yinda Paragvay Kosta Rikani 5:2 hisobida mag‘lub etib, guruh peshqadami bo‘lib turibdi. O‘zbekiston guruhdagi ikkinchi tur bahsini 17 sentabr kuni Paragvayga qarshi o‘tkazadi.
Futzal bo‘yicha JCh-2024.
A guruhi. 1-tur
O‘zbekiston — Niderlandiya – 3:3
Gollar: Elbek To‘lqinov (16), Ixtiyor Ropiyev (36), Husniddin Nishonov (40) — Tevfik Seyar (4), Ismoil Uaddux (28, 37).
O‘zbekiston: 12.Abbos Elmurodov, 4.Ixtiyor Ropiyev, 6.Ilhom Hamroyev, 8.Husniddin Nishonov, 11.Abror Ahmetzyanov
Zaxira: 1.Sunnat Anvarov, 2.Fazliddin Botirov, 3.Mashrab Odilov, 5.Muzaffar Ahadjonov, 7.Anasxon Rahmatov, 9.Elbek To‘lqinov, 10.Akbar Usmonov, 13.Mehroj Xudoyberdiyev, 14.Samariddin Berkinov
Niderlandiya: 1.Manuel Kuyk, 4.Tevfik Seyar, 7.Jordani Martinus, 8.Abdusamad At-Tohiriy, 10.Ismoil Uaddux
Zaxira: 12.Mika Spigt, 2.Jordi Krete, 3.Steyye Keye, 5.Ayub Buxoriy, 6.Karim Mossaui, 9.Said Buzambu, 11.Laxsen Buyuuzan, 13.Ishak Belhaj, 14.Muhammad Chik.
Mavzuga oid
22:38 / 03.02.2026
O‘zbekiston futzal milliy jamoasi Osiyo Kubogini chorakfinalda tark etdi
19:11 / 05.11.2025
Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogiga qur’a tashlandi
22:01 / 24.09.2025
O‘zbekiston futzal milliy jamoasi Osiyo Kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
21:52 / 20.09.2024