O‘zbekiston | 10:40 / 17.09.2024
4566
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Ostonaga yetib bordi

Bugun O‘zbekiston yetakchisi ikkinchi "Markaziy Osiyo - Germaniya" sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga keldi.

Ostona xalqaro aeroportida davlat rahbarini Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun O‘zbekiston yetakchisi ikkinchi "Markaziy Osiyo - Germaniya" sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.

Tadbirda ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi, mintaqaviy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashiladi.

Shuningdek, yetakchilar Germaniyaning yirik kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadilar.

Mavzuga oid