Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda Markaziy Osiyo mamlakatlarining ekologik sammiti bo‘lib o‘tadi
Sammit iqlim va ekologik tahdidlar, jumladan, ekologik tanazzulning global ramziga aylangan Orol dengizi fojiasi va Kaspiy dengizi sathining pasayishi davom etayotganiga mintaqaviy yondashuvni aks ettiruvchi kelishilgan va amaliy yo‘naltirilgan yechimlar va mexanizmlarni ishlab chiqishga qaratilgan.
22-24 aprel kunlari Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Mintaqaviy ekologik sammit (RES) bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qozog‘iston Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligiga tayanib AP xabar berdi.
Sammitda mintaqa mamlakatlarining davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, rivojlanish institutlari, ekspertlar hamjamiyati, biznes va fuqarolik jamiyatidan 1,5 mingga yaqin ishtirokchi qatnashadi.
Sammit yalpi sessiyasida Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Armaniston, Mo‘g‘uliston prezidentlari va boshqa yuqori darajadagi shaxslar nutq so‘zlashi kutilmoqda.
Forum BMT bilan hamkorlikda iqlim va ekologiya muammolariga mintaqaviy yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan.
RES-2026 bir qator asosiy hamkorlar, jumladan, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT), Qayta tiklanadigan energiya bo‘yicha xalqaro agentlik (IRENA), Xalqaro energetika agentligi (IEA) va boshqa global va mintaqaviy institutlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Sammit iqlim va ekologik tahdidlar, jumladan, ekologik tanazzulning global ramziga aylangan Orol dengizi fojiasi va Kaspiy dengizi sathining pasayishi davom etayotganiga mintaqaviy yondashuvni aks ettiruvchi kelishilgan va amaliy yo‘naltirilgan yechimlar va mexanizmlarni ishlab chiqishga qaratilgan.
Markaziy Osiyoning «yashil» moliyalashtirishga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojlarini aniqlash, moslashish choralarini qo‘llab-quvvatlash, kam uglerodli texnologiyalarni rivojlantirish va mintaqaviy ekologik barqarorlikni mustahkamlash muhim ustuvor yo‘nalishlar hisoblanadi.
Sammitda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Ekologiya va barqaror rivojlanish sohasida mintaqaviy hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyasi qabul qilinishi, shuningdek, BMT agentliklari bilan birgalikda Markaziy Osiyoning barqaror kelajagi uchun mintaqaviy harakatlar dasturi (2026-2030) tasdiqlanishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, forumning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha yangi ekologik loyihalar va tashabbuslarni ishga tushirish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
20:56 / 12.06.2026
Qozog‘istondagi ikki prezidentparast partiya saylov oldidan birlashdi
18:28 / 12.06.2026
Qozog‘istonda pora berish niyati jinoyatga tenglashtirildi
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
18:53 / 10.06.2026