O‘zbekiston | 20:32 / 24.10.2024
10876
4 daqiqa o‘qiladi

Zokirjon Almatov faxriy unvon bilan taqdirlandi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi.

Foto: Kun.uz

Jamoat xavfsizligi, xalq osoyishtaligini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, profilaktika ishlari samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi alohida xizmatlari uchun ichki ishlar organlari xodimlarining bir guruhi Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan taqdirlandi.

Jumladan, ichki ishlar vazirining maslahatchisi Zokirjon Almatov «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, «Mardlik» ordeni bilan

- Mardonkulov Nodirjon Kodirjonovich (marhum) - Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori

«Do‘stlik» ordeni bilan

- Gorbatsevich Viktoriya Aleksandrovna - Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi katta tergovchisi

«Jasorat» medali bilan

- Murodov Jurabek Muxamadiyevich - Samarqand viloyati Oqdaryo tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

- Suyarov Sherzod Raxmatullayevich - Ichki ishlar vazirligi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

- Askarov Uktam Baxromovich - Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i

- Qodirov Sayidakbar Maxamatsodiqovich - Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori

- Qo‘shbarmoqov Ulug‘bek Sangirqulovich - Ichki ishlar vazirligi Markaziy tergov hibsxonasi xodimi

- Mirsadikov Dilmurod Mirxamdamovich - Toshkent shahar Uchtepa tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i

- Muydinova Gulnora Toshpulatovna - Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ekspert-kriminalistika bo‘limi bosh eksperti

- Sayidov Nodirbek Bahodirovich - Toshkent viloyati Olmaliq shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i

- Xojiyeva Marxabo Xikmatillayevna - Navoiy viloyati Navoiy shahar ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi katta tergovchisi

- Xudayarov Nizomjon Rajabbayevich - Xorazm viloyati Xonqa tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori

«Sog‘lom turmush» medali bilan

- Adilova Gulshod Pulatovna - Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tibbiyot bo‘limi bosh shifokori

«Shuhrat» medali bilan

- Aliboyev Mamatali Hazratqulovich - Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori

- Dustov Zafar Abirovich - Jizzax viloyati Arnasoy tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari

- Indiaminov Farrux Nuriddinovich - Samarqand viloyati Samarqand shahar bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 8-ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i

- Kazaxbayev Malik Perdebayevich - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati inspektori

- Kuchkarov Turg‘un Raximbayevich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari – ichki ishlar organlari faoliyatini uslubiy ta’minlash markazi boshlig‘i

- Qosimov Utkirbek Soibjonovich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bo‘lim boshlig‘i

- Niyazov Feruz Jumanazarovich - Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani ichki ishlar bo‘limi 1-ichki ishlar bo‘linmasi boshlig‘i

- Xidirov Yusufjon Ilxomjonovich - Namangan viloyati transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i taqdirlandi.

Mavzuga oid