Tantanali marosimda davlat rahbari noz-ne’mat yetiştirib, el dasturxoniga qut-baraka olib kirayotgan dehqon, fermer, boğbon, çorvador, suvçi, agronom va mexanizatorlarga bölgan çuqur hurmat-ehtiromini izhor etdi.

«Albatta, bunday ulkan natijalar ortida dehqon va fermerlarimiz, klasterlar, umuman, qişloq va suv xöjaligi sohasidagi har bir insonning mehnati, jasorati, fidoyiligi turibdi, desak töğri böladi. Ularning zahmati, mard va olijanob fazilatlari har qança e’tirof va e’tiborga munosib. Şuning uçun ham bugun Qişloq xöjaligi xodimlari kuni arafasida sizlar bilan körişib, suhbatlaşib, davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlaşga qaror qildim», – dedi prezident.

Mukofotlanganlar orasida paxtadan gektaridan 80–90 sentner, ğalladan 115 sentnergaça hosil olgan, dalalarida suv tejovçi texnologiyalar va nasoslariga quyoş panellarini keng joriy etgan fermer va klasterlar, meva-sabzavot, çorva, parranda, baliqçilik va asalariçilikda intensiv usullarni qöllab, oziq-ovqat xavfsizligi va eksportga katta hissa qöşayotgan dehqon va tadbirkorlar bor.

Şuningdek, suv tanqis şaroitda kanallarni betonlaş, suv hisobini yölga qöyib, adolatli taqsimlayotgan irrigatsiya va melioratsiya xodimlari, qişloq va suv xöjaligiga ilm-fanning yangi yutuqlarini olib kirayotgan, uruğçilik, naslçilik va agrotexnologiya böyiça innovatsiyalar yaratayotgan olimlar ham davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Paxta, ğalla va boğdorçilikda keskin özgarişga erişgan Jizzax, Qaşqadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari hokimlarining qişloq xöjaligi böyiça örinbosarlari, şuningdek Quva, Baliqçi, Döstlik, Quyi Çirçiq va Nukus tumanlari hokimlari ham mukofot sohibi böldi.

Marosim yakunlarida davlat rahbari yuksak unvon, orden va medallarni öz egalariga şaxsan topşirdi.