O‘zbekiston | 20:53 / 28.10.2024
831
2 daqiqa o‘qiladi

Saida Mirziyoyeva BMTning O‘zbekistondagi doimiy rezident-koordinatori bilan uchrashdi

O‘zaro muloqot davomida tomonlar Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bugun, 28 oktyabr kuni BMTning O‘zbekistondagi doimiy rezident-koordinatori Sabine Mahl bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda u o‘zining Telegramʼdagi kanaliga yozib qoldirdi.

«Mamlakatimiz va BMT o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildik, muloqot davomida Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdik», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Avgust oyida Qoraqalpog‘istonning imkoniyatlarini to‘liq ishga solish maqsadida hududni rivojlantirish bo‘yicha berilgan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosi ustidan nazorat prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva va prezidentning Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Tursinxon Xudayberganov zimmasiga yuklatilgan edi.

Sentyabr oyida esa Saida Mirziyoyeva Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurgandi. Prezident yordamchisining ma’lum qilishicha, safar davomida iqtisodiy-ijtimoiy holati og‘ir tumanlarga borildi va joylardagi ahvol o‘rganilgan.

Mavzuga oid