Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi markazi xodimlarini tabrikladi
Prezident yordamchisining ma’lum qilishicha, yangi davlat dasturi doirasida ayollarni skrining tekshiruvidan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtiriladi.
Bugun Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi o‘zining 50 yilligini nishonlamoqda.
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva markazning barcha xodimlarini ushbu muhim sana bilan tabrikladi va ularning har kunlik fidokorona mehnatlari uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

"Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni profilaktikasi hamda uni davolash bo‘yicha yangi davlat dasturi doirasida ayollarni skrining tekshiruvidan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtiramiz. Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratiladi.
Biz birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan har bir ayol uchun baxtli onalikni kafolatlaydigan sharoit yaratishimizga ishonaman", deydi prezident yordamchisi.





Mavzuga oid
21:24 / 17.06.2026
O‘zbekiston investitsiyaviy salohiyatini izchil oshirib bormoqda - Saida Mirziyoyeva
17:21 / 17.06.2026
Saida Mirziyoyeva Mixail Mishustin bilan iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
09:16 / 17.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh Eksimbanki va DFC rahbarlari bilan muzokara o‘tkazdi
20:58 / 16.06.2026