Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish loyihasi bilan tanishdi
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bugun, 17 oktyabr kuni UZINFOCOM’da sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan loyiha bilan tanishdi. Bu haqda u o‘zining Telegramʼdagi kanaliga yozib qoldirdi.
Qayd etilishicha, ushbu tizim ishga tushishi natijasida tibbiyot muassasalaridagi barcha asosiy jarayonlar bosqichma-bosqich avtomatlashtiriladi, bemorlarning sog‘lig‘i haqida turli manbalardan olinadigan ma’lumotlarni yagona elektron tibbiy kartaga birlashtirish imkonini beruvchi dasturiy yechimlar joriy etiladi.
Shuningdek, ish hajmini optimallashtirish orqali sog‘liqni saqlash muassasalarining barcha bo‘g‘inlarida faoliyat samaradorligi oshiriladi.
«Ishonchim komilki, loyiha rejadagidek amalga oshirilsa, barcha: soha xodimlari uchun ham, aholi uchun ham manfaatli bo‘ladi», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.





Mavzuga oid
17:54 / 06.06.2026
Qo‘g‘irchoq teatri san’ati an’analarini asrab qolish alohida ahamiyatga ega – Saida Mirziyoyeva
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
21:42 / 04.06.2026
Saida Mirziyoyeva XAEA bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashdi
18:49 / 04.06.2026