Jahon | 14:20
2182
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda uchar avtomobillar zavodini qurishni boshlandi

Zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 10 ming donagacha bo‘ladi.

Foto: AP

Xitoy janubidagi Guanjou shahrida uchar avtomobillarni ommaviy ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi birinchi korxona qurilishi boshlandi, deb xabar bermoqda “Sinhua” axborot agentligi Xpeng Aeroht kompaniyasiga tayanib.

Birinchi bosqichda zavodda “Quruqlikdagi aviatashuvchi” avtomobili uchun modullar ishlab chiqariladi. Bu model sentabr oyida o‘zining ilk parvozini amalga oshirgandi. Xabarga ko‘ra, mazkur avtomobilning dastlabki savdolari 2024 yil oxirida boshlanadi.

Loyihaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 10 ming donagacha bo‘lishi rejalashtirilmoqda.

Uchar avtomobillarni ishlab chiqarish bilan faqat Xitoy shug‘ullanmayapti. 2024 yil mart oyida Hindistonning ePlan kompaniyasi uchar taksi prototipini sinovdan o‘tkazish rejalari haqida xabar bergandi. Kompaniya asoschisi Satya Chakravartining so‘zlariga ko‘ra, prototip shahar sharoitida foydalanish mumkin bo‘lgan ixcham uchish apparati hisoblanadi.

Shuningdek, Amerikaning ixcham samolyotlar ishlab chiqaruvchi Joby Aviation kompaniyasi 2025 yil oxirigacha Nyu-York va Los Anjyelesda “havo taksisi”ni ishga tushirishni rejalashtiryapti.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sayohat narxi Uber Black tarifi darajasida bo‘ladi – taxminan 100−200 dollar. Keyinchalik bu Uber XL tarifi narxlariga tushishi mumkin – 50-100 dollar.

Mavzuga oid