Amerikaning ixçam samolyotlar işlab çiqaruvçi Joby Aviation kompaniyasi 2025 yil oxirigaça Nyu-York va Los-Anjyelesda “havo taksisi”ni işga tuşirişni rejalaştiryapti. Bu haqda Business Insider xabar berdi.

Innovatsion ixtiro avtomobillar va vertolyotlarga muqobil sifatida körilyapti. Joby Aviation mazkur loyiha uçun Tayota, Delta Airlines va Uber’dan katta miqdorda sarmoya jalb qilgan. 

Dastlabki ma’lumotlarga köra, sayohat narxi Uber Black tarifi darajasida böladi – taxminan 100−200 dollar. Keyinçalik bu Uber XL tarifi narxlariga tuşişi mumkin – 50-100 dollar.

eVTOL Joby’ning asosiy afzalliklaridan biri uning past şovqin darajasidir. Kompaniya boş direktori Joben Bevirtning ta’kidlaşiça, 500 metr balandlikda qurilmadan çiqadigan ovoz daraxtlardagi şamol ovoziga öxşaydi. NASA parvozning şovqin darajasini atigi 45,2 detsibel deb qayd etdi, bu muzlatkiçning ovozidan ham sokinroq.

Avvalroq, Joby Aviation Janubiy Koreya hukumati bilan hamkorlikda odamlarning tirband şaharlar böylab harakatlanişini osonlaştirişga qaratilgan konsepsiya ustida işlayotgani xabar qilingandi. Elektrda harakatlanadigan uçar taksi 4 nafar yölovçi va 1 nafar uçuvçi siğimiga ega bölişi, soatiga 321 km tezlikda harakatlana olişi va oddiy vertolyotga qaraganda 100 martagaça şovqinsizroq bölişi xabar qilingandi.

Şuningdek, Joby Aviation Dubayda ham havo taksisini işga tuşiriş böyiça şartnoma tuzgan. Uşbu xizmat 2026 yilgaça işga tuşirilişi rejalaştirilgan. Qayd etilişiça, birinçi bosqiçda 4 ta vertiport oçiladi: şahar aeroporti, Palm-Jumeyra, Dubay Marina va şahar markazida. Uçar taksi xizmati işga tuşirilgaç, Palm-Jumeyradan aeroportgaça bölgan yöl vaqti 45 daqiqadan 10 daqiqagaça qisqarişi mumkin.

Uçar taksilar zamoni boşlanyaptimi?

Yaqin orada şaharlararo sayohatlarga ketadigan vaqt 75 foizga qisqarişi mumkin. Bu — vertikal uçiş va qöniş samolyotlari (VTOL — inglizça qisqartmasi) orqali reallikka aylanadi. Ular vertolyotlarga öxşab ketadi, biroq qanotlari vertolyotnikidan boşqaça. Yana VTOL’lar uçişi va qönişi uçun maxsus yölaklar şart emas. Öz nomi bilan ular qöniş maydonçalarisiz vertikaliga uça oladi va qönadi.