YeI va Xitoy elektromobillarga joriy etilgan bojlar masalasiga yechim topmoqchi
Har ikkala tomon ham Jahon savdo tashkiloti talablariga rioya qilish imkonini beradigan o‘zaro maqbul yechimdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.

Foto: AP
Yevropa Ittifoqi va Xitoy XXRdan import qilinadigan elektromobillarga nisbatan bojlar kuchga kirishidan oldin o‘zaro manfaatli muqobil yo‘llarni qidirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish niyatida. Bu haqda Yevrokomissiya YeIning savdo bo‘yicha komissari Valdis Dombrovskis hamda Xitoy savdo vaziri Van Ventao o‘rtasida o‘tkazilgan videokonferensiyadan keyin ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, har ikkala tomon Yevropa bozoridagi umumiy o‘yin qoidalariga, ham Jahon savdo tashkiloti talablariga rioya qilish imkonini beradigan o‘zaro maqbul yechimdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqlagan. Shu bilan birga, YeI va Xitoy pozitsiyalari sakkiz raundli muzokaralarga qaramay, sezilarli darajada bir-biridan farq qilmoqda.
Dombrovskis asosan Xitoy Yevropadan import qilinayotgan brendi, cho‘chqa go‘shti va sutni tekshirishni boshlaganini tanqid qilgan. Yevrokomissiya Pekinning bu boradagi xulosalarini asossiz deb atadi. Xitoy Yevroittifoqning XXRda ishlab chiqarilgan elektromobillariga boj joriy etmoqchiligi fonida YeI mahsulotlariga qo‘shimcha boj joriy etish bilan tahdid qilgandi.
Yevropa Ittifoqining Xitoy elektromobillariga nisbatan 35,3 foiz darajasidagi jarima bojlari keyingi hafta kuchga kirishi kerak, ammo Yevrokomissiya bunga siyosiy yechim topishga tayyor ekanini bildirdi. Yevropa komissiyasiga ko‘ra, Xitoyda elektromobillar davlatdan olingan subsidiya hisobiga ishlab chiqarilmoqda, shu boisdan ularning narxi YeIda ishlab chiqarilgan transport vositalaridan arzon.
Yevropa Ittifoqi bir necha oylik o‘ylanishlardan keyin oktabr boshida Xitoy bilan keng ko‘lamli iqtisodiy urushni boshlashga qaror qilgandi. AQSh esa Xitoy uchun o‘z bozorini 2024 yil may oyida deyarli yopgan edi — mamlakat Xitoy avtomobil sanoatining barcha turdagi mahsulotlari importi uchun 100 foizli boj joriy etgan.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saida Mirziyoyeva Orol madaniyat sammitida ishtirok etdi
O‘zbekiston | 19:59
-
Til masalasi yana kun tartibida – jamoatchilik faollari nima deydi?
O‘zbekiston | 19:29
-
“Har qanday loyihani, albatta, ekologik ekspertizadan o‘tkazamiz” – ekologiya vaziri AES haqida
O‘zbekiston | 19:01
-
Foto: Samarqanddagi xalqaro tadbirlar qanday o‘tdi?
O‘zbekiston | 18:50
Mavzuga oid

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi

23:16 / 01.04.2025