Nurafshonda yarim milliard so‘mdan ortiq elektrdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi
Nurafshon shahrida korxona 581,1 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlangan.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda mas’uliyati cheklangan jamiyatga tegishli omborxona ko‘zdan kechirilgan.
Korxonani norasmiy boshqarib kelgan shaxs va boshqalar o‘zaro til biriktirib, shlakoblok ishlab chiqarish uskunalari va suv nasoslarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab olgani aniqlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, korxona 581,1 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
07:30
Toshkentning uch tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
11:46 / 30.10.2024
1 noyabrdan boshlab chiqindidan qarzi borlarga elektr uchun to‘lov qilish cheklab qo‘yiladimi?
09:00 / 24.10.2024
Kubadagi 70 foiz aholi punktida elektr ta’minoti tiklandi
10:54 / 20.10.2024