Ketma-ket ikkita blekautdan söng Kubadagi aholi punktlarining 70 foizdan ortiğida elektr ta’minoti tiklandi. Muammo bosqiçma-bosqiç hal qilinayotgani haqida 22 oktyabr, seşanba kuni Reuters va dpa agentligi xabar berdi.
Davlat elektr tarmoği operatori poytaxt Havananing ba’zi tumanlari 21 oktyabrdan elektr energiyasi bilan ta’minlanganini ma’lum qildi. Ayni paytda, Reuters ma’lumotlariga köra, şaharning eng kambağal mavzelarida bir neçta norozilik namoyişlari qayd etilgan.
Şu bilan birga, ötgan hafta oxirida «Oskar» töfoni tufayli kuçli suv toşqini va talafotlar yuz bergan janubi-şarqiy Guantanamo provinsiyasida elektr quvvati hali tiklangani yöq.
Kuba elektr stansiyalari nosozligi tufayli tez-tez elektr uzilişlarini boşdan keçirmoqda
Mahalliy matbuotning yozişiça, 40 yil avval Sobiq Ittifoq qurgan elektr stansiyalarga yetarliça texnik xizmat körsatilmagani tufayli muammolar takrorlanmoqda.
Energetika va konlar vazirligi ma’lumotlariga köra, mamlakatda yiliga 8 million tonna yonilği iste’mol qilinadi, şundan atigi 3 million tonnasi mahalliy işlab çiqarişga töğri keladi.
Iqtisodiy embargo tufayli Kuba energiyaga bölgan ehtiyojning katta qismini Venesuela, Rossiya va Meksikadan oladi.
Sönggi yillarda Kuba hukumati elektr ta’minotidagi uzilişlarning oldini oliş va işlab çiqariş quvvatini oşiriş maqsadida suzuvçi elektr stansiyalarni ijaraga olişni boşladi.












