O‘zbekiston | 13:01 / 06.11.2024
3101
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Viktor Orban bilan uchrashdi

Bishkek shahrida uchrashuv o‘tkazgan O‘zbekiston prezidenti va Vengriya bosh vaziri iqtisodiy loyihalar yangi portfelini shakllantirish muhimligini qayd etdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

6 noyabr kuni Bishkek shahrida o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘ziga ajratilgan qarorgohda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston-Vengriya strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

O‘zaro hamkorlikning amaliy natijalari alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari va sanoat kooperatsiyasi ko‘lami ortib bormoqda, Toshkent viloyatida industrial park tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Oktyabr oyida Qo‘qon shahrida birinchi Hududlar forumi o‘tkazildi. Bu oyda Budapesht shahrida muhim qo‘shma madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Davlat rahbarlari ikki tomonlama tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar. Yetakchi kompaniyalarning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik bo‘yicha yangi loyihalar portfelini shakllantirish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Mavzuga oid