Yaponiyaning asosiy meteorologik sun’iy yo‘ldoshi ishdan chiqdi
Mamlakat meteoroligiya boshqarmasi nosozlik sababini bilmasligini va u qachon bartaraf etilishini ayta olmasligini ma’lum qildi.
Yaponiyaning ob-havoni kuzatishga mo‘ljallangan «Ximavari-9» asosiy sun’iy yo‘ldoshi qisman ishdan chiqdi va ayrim tasvirlarni uzatishni to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda mamlakat Milliy meteorologiya boshqarmasi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, muammo Yer yuzasini infraqizil nurlar yordamida kuzatish bilan bog‘liq suratlarning uzatilishida yuzaga kelgan.
Shu bilan birga, idoraning ma’lum qilishicha, sun’iy yo‘ldoshning to‘fonlar, kuchli yomg‘irlar, shiddatli shamollar, dengizdagi to‘lqinlar harakatiga oid ogohlantirish tizimi odatdagidek ishlashni davom etmoqda. Meteoroligiya boshqarmasi nosozlik sababini bilmasligini va u qachon bartaraf etilishini ayta olmasligini ma’lum qildi.
«Ximavari» — geostatsionar sun’iy yo‘ldoshlar oilasi bo‘lib, ularning birinchisi 1977 yilda uchirilgan. Ushbu qurilmalardan Yaponiyadan tashqari, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo, Avstraliya va Yangi Zelandiya meteorolgiya idoralari foydalanib keladi.
Sentyabr oxirlarida Yaponiyaning IGS Radar 8 razvedka sun’iy yo‘ldoshi o‘rnatilgan o‘rta sinfga kiruvchi H-IIA tashuvchi raketasini orbitaga uchirgandi. Kosmik apparat Yaponiyaning Information Gathering Satellite (IGS) davlat dasturi doirasida, sun’iy yo‘ldoshdan olingan o‘zining razvedka ma’lumotlariga ega bo‘lish uchun orbitaga uchirilgan. Loyiha ustidagi ishlar 1998 yilda Shimoliy Koreya raketalari sinoviga javob tarzida boshlangan.
Mavzuga oid
12:13 / 25.12.2024
“O‘zbekistondagi nosvoylardan 10 xil zaharli modda aniqladik” - Yaponiyadagi o‘zbek olimi yangi tadqiqoti haqida
20:50 / 23.12.2024
Yaponiyada sun’iy gravitatsiyaga ega Oy majmuasi prototipi quriladi
20:28 / 23.12.2024
Honda va Nissan birlashmoqda. Ular dunyodagi eng yirik uchinchi avtomobil ishlab chiqaruvchiga aylanadi
18:22 / 22.12.2024