Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuqori barqarorlik reytingiga ega tadbirkorlik sub’yektlari rag‘batlantiriladi
Ularga nisbatan soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi va ortiqcha to‘langan soliqni qaytarish muddati qisqartiriladi.
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Qonun bilan yuqori barqarorlik reytingiga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun rag‘batlantirish choralari joriy etilishini nazarda tutuvchi quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi:
- yuqori barqarorlik reytingiga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan soliqlar bo‘yicha (bundan QQS mustasno) ortiqcha to‘langan summani qaytarish 3 kun muddatda amalga oshiriladi;
- reyting bo‘yicha «AAA» toifadagi tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan esa soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi (bundan jinoiy ishlar doirasida o‘tkaziladigan tekshiruvlar mustasno) va mazkur toifadagi tadbirkorlik sub’yektlariga QQS summasi o‘rnini qoplash tekshiruvlar o‘tkazilmasdan 1 kun muddatda amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
22:01 / 25.02.2026
Yigit-qizlar qarshisidagi muammolar yoxud yoshlar siyosati nega muhim?
09:32 / 25.02.2026
Tadbirkorlar va ilm-fan hamkorligi uchun maxsus elektron platforma yaratiladi
18:34 / 14.02.2026
Tadbirkor shakar importi uchun bojni olib tashlashni so‘radi
10:11 / 13.02.2026