Jahon | 12:48 / 04.12.2024
4956
2 daqiqa o‘qiladi

Putin huzuridagi IHK rahbari Solovetskiy toshini ko‘chirishga chaqirdi

Valeriy Fadeyev RBK'ga Stalin terrori qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan Solovetskiy toshini Moskvadagi Lubyanka maydonidan olib tashlash kerakligini aytdi.

Foto: Andrey Solovev/TASS

Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari kengashi (IHK) rahbari Valeriy Fadeyev 1990 yilda Stalin terrori qurbonlari xotirasiga o‘rnatilgan Solovetskiy toshini Moskvadagi Lubyanka maydonidan olib tashlash kerakligini aytdi. «Odamlar aslida xotira aksiyasini emas, balki Lubyankadagi bino xodimlariga — FSB, KGB, NKVDga qarshi aksiya o‘tkazmoqda. Ular: «Biz shu yerdamiz, hamma narsa esimizda, sizlarda ham hammasi eskicha», deyishmoqda. Bu shuni anglatadiki, Solovetskiy toshini Lubyankadan ko‘chirish kerak, chunki bu xotira aksiyasi emas, balki bu Lubyankadagi binoda o‘tirgan odamlarni qoralashdir», dedi Fadeyev 3 dekabr, seshanba kuni chop etilgan RBK agentligiga bergan intervyusida.

IHK rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Sadovaya-Spasskaya ko‘chasi va Akademik Saxarov shohko‘chasi chorrahasida 2017 yilda ochilgan «Stena skorbi» loyihasiga gul qo‘yish kerak.

Solovetskiy toshidagi «Vozvrashcheniye imen» aksiyasi

«Vozvrashcheniye imen» tadbiri an’anaviy tarzda 30 oktyabr kuni Solovetskiy toshi yonida bo‘lib o‘tadi.

Tosh GULag tizimining bir qismi bo‘lgan sobiq Solovetskiy lageridan olib kelingan.

«Vozvrashcheniye imen» tadbirida istalgan kishi kelib, Katta terror davrida qatag‘on qilingan moskvaliklarning ism-sharifi va ularning qatl etilgan sanalarini o‘qishi mumkin. An’ana 2007 yilda «Memorial» inson huquqlari jamiyati tomonidan boshlangan. So‘nggi yillarda Rossiya hukumati pandemiyani sabab sifatida ko‘rsatib, uning amalga oshirilishiga qarshi chiqdi.

Mavzuga oid