Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari kengaşi (IHK) rahbari Valeriy Fadeyev 1990 yilda Stalin terrori qurbonlari xotirasiga örnatilgan Solovetskiy toşini Moskvadagi Lubyanka maydonidan olib taşlaş kerakligini aytdi. «Odamlar aslida xotira aksiyasini emas, balki Lubyankadagi bino xodimlariga — FSB, KGB, NKVDga qarşi aksiya ötkazmoqda. Ular: «Biz şu yerdamiz, hamma narsa esimizda, sizlarda ham hammasi eskiça», deyişmoqda. Bu şuni anglatadiki, Solovetskiy toşini Lubyankadan köçiriş kerak, çunki bu xotira aksiyasi emas, balki bu Lubyankadagi binoda ötirgan odamlarni qoralaşdir», dedi Fadeyev 3 dekabr, seşanba kuni çop etilgan RBK agentligiga bergan intervyusida.
IHK rahbarining sözlariga köra, Sadovaya-Spasskaya köçasi va Akademik Saxarov şohköçasi çorrahasida 2017 yilda oçilgan «Stena skorbi» loyihasiga gul qöyiş kerak.
Solovetskiy toşidagi «Vozvraşçeniye imen» aksiyasi
«Vozvraşçeniye imen» tadbiri an’anaviy tarzda 30 oktyabr kuni Solovetskiy toşi yonida bölib ötadi.
Toş GULag tizimining bir qismi bölgan sobiq Solovetskiy lageridan olib kelingan.
«Vozvraşçeniye imen» tadbirida istalgan kişi kelib, Katta terror davrida qatağon qilingan moskvaliklarning ism-şarifi va ularning qatl etilgan sanalarini öqişi mumkin. An’ana 2007 yilda «Memorial» inson huquqlari jamiyati tomonidan boşlangan. Sönggi yillarda Rossiya hukumati pandemiyani sabab sifatida körsatib, uning amalga oşirilişiga qarşi çiqdi.










