Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fayzullayevning transfer bahosi yana 2 million yevroga oshdi
Transfermarkt portali Rossiya Premer-ligasida faoliyat yuritayotgan futbolchilarning transfer bahosini yangiladi.
Foto: Tribuna.uz
Unga ko‘ra, TsSKA klubi yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullayevning transfer bahosi 2 million yevroga oshib, 6 mln yevrodan 8 mln yevroga ko‘tarilgan. O‘zbekiston milliy jamoasining 21 yoshli yarimhimoyachisi Rossiya Premer-ligasida transfer narxi eng ko‘p ko‘tarilgan futbolchilar uchligidan joy oldi. «Spartak» hujumchisi Manfred Ugaldening (15 mln yevro) bahosi 6 mln yevroga ko‘tarilgan bo‘lsa, «Lokomotiv» yarimhimoyachisi Aleksey Batrakovning (8 mln yevro) transfer narxi 3 mln yevroga, Abbosbek Fayzullayevning (8 mln yevro) 2 mln yevroga oshgan.
Shu tariqa, Abbosbek 8 mln yevro transfer narxi bilan TsSKAning eng qimmatbaho o‘yinchilari orasida Ivan Oblyakovdan (9 mln yevro) keyingi 2-o‘rinda bormoqda. Tarkibdagi yana bir futbolchi – Igor Diveyevning ham transfer bahosi 8 mln yevroni tashkil qilmoqda.
Fayzullayevning transfer bahosi 2 mln yevro oshgan bo‘lsa-da, u O‘zbekistonning eng qimmatbaho o‘yinchisi nomini Abduqodir Husanovdan qaytarib ololmadi. Kuni kecha Transfermarkt «Lans» himoyachisining bahosini 12 mln yevroga ko‘targandi. TsSKA futbolchisi bu borada milliy jamoaning eng qimmat 2-o‘yinchisi bo‘lib turibdi, 5 mln yevro narxga ega Eldor Shomurodov esa uchlikda qolgan.
Mavzuga oid
12:44 / 16.12.2025
iPhone’dan Android’ga o‘tish endi ancha oson
00:44 / 22.08.2025
Abbosbek Fayzullayev «Istanbul Boshoqshehir» tarkibidagi debyutini o‘tkazdi
23:51 / 19.08.2025
«Istanbul Boshoqshehir» nihoyat Abbosbek Fayzullayev transferi uchun TsSKAga pul o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi
20:36 / 30.07.2025