O‘zbekiston | 13:51
1618
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 200 ming so‘mlik soxta kupyuralarni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Soxta pul yasovchidan ko‘p miqdorda qalbaki kupyuralar, rangli printer, qog‘ozlar va boshqa ashyolar rasmiylashtirib olingan.

Foto: Prokuratura departamenti

Toshkentda soxta 200 ming so‘mlik banknotlarni sotayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, departament va Bojxona qo‘mitasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro E.A. fuqaro J.X.ga 200 ming so‘mlik kupyuradagi jami 300 dona 60 mln so‘m qalbaki pullarni 20 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.

Tadbir davomida E.X.ning mashinasidan 4 dona qalbaki kupyura hamda 200 ming so‘mlik milliy valuta surati tushirilgan 89 dona A4 formatdagi qog‘ozlar, chizg‘ich, qaychi va kanselyariya pichog‘i hamda fuqarolar D.T. va J.Z.dan kompyuter va rangli printer ashyoviy dalil sifatida olingan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid