Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrdan gepatitga qarshi dorining navbatdagi partiyasi olib kelindi
Misr hukumati tomonidan O‘zbekistonga insonparvarlik yordami sifatida gepatit C ga qarshi dori vositasining navbatdagi partiyasi yetkazildi.
Misr hukumati tomonidan O‘zbekistonga insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan “Sofosbuvir-400 mg” dori vositasining navbatdagi partiyasi Toshkentga yetkazildi.
Mazkur partiya Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan Sharm-al-Shayxdan Toshkentga olib kelingan. Misr hukumati yordamining 27-partiyasi umumiy 30 dona qutidan iborat bo‘lib, ular 7200 dona “Sofosbuvir-400 mg” dori vositalarini o‘z ichiga oladi.
O‘zbekistonda gepatit C ni 2030 yilga qadar bartaraf etish bo‘yicha milliy dastur ijrosi doirasida dori vositalari Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.
O‘zbekiston Qohiradagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Misr hukumati tomonidan umumiy qiymati 4,2 million AQSh dollari bo‘lgan jami 800 ming dona (40 tonnaga yaqin) C gepatitiga qarshi “Daklatasvir” va “Sofosbuvir” hamda “V” gepatitiga qarshi “Entekavir” dori vositalarining beg‘araz yordam sifatida O‘zbekistonga berilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Hozirga qadar vazni 13,4 tonna, umumiy qiymati esa 1 million 461 ming dollarga teng bo‘lgan mazkur dori vositalari O‘zbekistonga taqdim etilgan.
Mavzuga oid
19:35 / 24.06.2026
Raqobat qo‘mitasi dori reklamalaridagi chalg‘ituvchi iboralardan ogohlantirdi
22:52 / 20.06.2026
Tovlamachilik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan ekstraditsiya qilindi
08:08 / 06.06.2026
Tezkor tadbirlarda minglab taqiqlangan dori vositalari aniqlandi
21:11 / 30.05.2026