Las-Vegasda Cybertruck'ni portlatishda harbiy xizmatchi gumonlanyapti
Trampning Las-Vegasdagi mehmonxonasi oldida portlagan Tesla pikapining haydovchisi Amerika maxsus kuchlarida xizmat qilgan va yaqinda Germaniyadan xizmat safaridan qaytgan. Politsiya Mettyu L. portlashdan oldin o‘zini otib o‘ldirgan, deb hisoblayapti.

Foto: AFP
1 yanvar kuni Donald Trampning Las-Vegasdagi mehmonxonasi oldida portlagan Tesla Cybertruck pikapi haydovchisi portlash arafasida o‘zini otib o‘ldirgan. Bu haqda 3 yanvar, payshanba kuni mahalliy sherif Kevin Makmexillga tayanib, Associated Press xabar berdi.
37 yoshli Mettyu L. AQSh armiyasining "Yashil beretlari" maxsus kuchlar bo‘linmasida xizmat qilgan serjant bo‘lgan. U yaqinda Germaniyaga xizmat safaridan qaytgan va ta’tilda edi. Serjant beshta «Bronza yulduzli» harbiy mukofotlari bilan taqdirlangan. Germaniyadan tashqari u xizmat yillari davomida Ukraina, Gurjiston, Tojikiston, Afg‘oniston va Kongoda xizmat safarlarida bo‘lgan.
Makmexillning so‘zlariga ko‘ra, tergovchilar elektromobillarni zaryadlash stansiyasidan Mettyu L. Cybertruck'ni boshqargani va uning yolg‘iz ekani ko‘rsatilgan fotosuratlarni olgan.
Las-Vegasdagi Tramp mehmonxonasi yonida Tesla portladi, bir kishi halok bo‘ldi
1 yanvar kuni Las-Vegasda AQShning saylangan prezidenti Donald Trampga tegishli Trump International Hotel mehmonxonasi oldida Tesla Cybertruck elektr pikapi portlab ketdi. Salondagi odam halok bo‘ldi, voqea joyida bo‘lgan yana yetti kishi yengil tan jarohati oldi. Portlash mahalliy vaqt bilan 08.40 lar atrofida sodir bo‘lgan.
Mahalliy sherif Kevin Makmexillning aytishicha, portlashdan avval elektromobil mehmonxonaga kirish joyigacha borgan va uning oldida to‘xtagan, deb yozadi The New York Times. Associated Press agentligi anonim qolishni istagan mahalliy huquq-tartibot idoralari vakillariga tayanib, Cybertruck'ga feyyerverklar ortilgan bo‘lganini ma’lum qildi.
Ayni paytda, Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Baydenning aytishicha, bu voqea va yangi yil kechasida Yangi Orleanda olomonga avtomashina hujumi o‘rtasidagi bog‘liqlik versiyasi tekshirilmoqda.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Urishib ketgan Tramp va Mask, yakunlangan Haj ziyorati va Isroilga qurol yetkazishni to‘xtatishni talab qilgan nemislar – kun dayjesti
Jahon | 15:48
-
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27
-
Malayziya O‘zbekistonda avtoyo‘llar holati bo‘yicha ma’lumot bazasini yaratadi
O‘zbekiston | 15:06
-
AEXA Suriyadagi yadroviy inshootlarni tekshirishga ruxsat oldi
Jahon | 14:42
Mavzuga oid

20:41 / 14.04.2025
Tesla Cybertruck savdosi pasayib ketdi, kompaniya muammolarga duch kelmoqda

07:44 / 19.03.2025
Tesla Cybertruck yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatdi - mashinaning kuzov qismlari uzilib tushmoqda

16:37 / 16.01.2025
Maskning yordami - milliarder Kaliforniyadagi yong‘in hududlariga Wi-Fi'dan bepul foydalanish imkoniyatini berdi

18:40 / 05.01.2025