Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘isht ishlab chiqarishda soliq stavkasi oshiriladi
2026 yil 1 yanvardan boshlab pishgan va xom g‘isht ishlab chiqarishda yer va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 10 baravarga oshirilgan holda qo‘llanadi.
Foto: Kun.uz
Prezidentning “O‘zbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Keng jamoatchilik, xalqaro va mahalliy ekofaollar, ekologiya sohasi ilmiy hamjamiyati takliflarini inobatga olgan holda tuproqning unumdor qatlamini saqlab qolish va yashil hududlarni asrash maqsadida:
a) 2025 yil 1 iyuldan boshlab ko‘p qavatli uylar massivlaridagi tuproq va yashil qoplamali umumiy foydalanishdagi hududlarni o‘zboshimchalik bilan betonlashtirganlik, qurilma va konstruksiyalarni o‘rnatganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytiriladi;
b) 2025 yil 1 avgustdan boshlab pishgan g‘isht ishlab chiqarishdan muqobil texnologiyalardan keng foydalanishga o‘tish maqsadida devorbop materiallardan (penoblok, gazoblok) keng foydalanuvchi qurilish tashkilotlariga “Shaffof qurilish” platformasida ustuvorlik beriladi;
v) 2026 yil 1 yanvardan boshlab pishgan va xom g‘isht ishlab chiqarishda yer va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 10 baravarga oshirilgan holda qo‘llanadi;
g) 2027 yil 1 yanvardan boshlab yer resurslarini muhofaza qilish va tuproqning unumdor qatlami yo‘qolib ketishining oldini olish maqsadida qishloq xo‘jaligiga, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar, tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, o‘rmon va suv fondi yerlarida tuproq karerlari faoliyati taqiqlanadi;
d) ko‘p qavatli turar joylarni loyihalash, qurish va foydalanishga qabul qilishda:
- yerusti va yerosti avtomobil turargohlari nazarda tutilishi;
- oqova, yomg‘ir va texnik suvlardan sug‘orishda foydalanish tizimlarini tashkil etish majburiy etib belgilanadi.
Tavsiya etamiz
“Ona uchun yasalgan pechka” – migrantlikdan pechkachilikkacha
Jamiyat | 09:05 / 06.11.2025
Yaponiyada ayiqlar hujumidan 12 kishi vafot etdi. Ularga qarshi kurashga harbiylar jalb qilindi
Jahon | 19:21 / 05.11.2025
O‘zbekiston sentabrda dunyoda oltin sotgan yagona davlat bo‘ldi
Iqtisodiyot | 19:13 / 05.11.2025
Tramp nishonida - Venesuela. Nega?
Jahon | 18:30 / 05.11.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Volgograd NQZ ishi to‘xtadi: dronlar CDU va gidrokreking qurilmasini shikastladi
Jahon | 09:13
-
Kelgusi 10 yilda 100 mlrd dollardan ortiq: Tramp O‘zbekiston bilan rejalarga to‘xtaldi
O‘zbekiston | 08:53
-
So‘rovnoma: nemislarni eng ko‘p migratsiya va iqtisod tashvishlantiryapti
Jahon | 08:52
-
Krasnoyarskda og‘ir vaziyatga tushgan o‘zbekistonlik ona-bolaga yordam ko‘rsatildi
Jamiyat | 08:51
Mavzuga oid
14:15 / 15.01.2025
Sayyor tekshiruv o‘tkazishda soliq organlarining huquqlari kengaytirildi
18:30 / 14.01.2025
Ispaniya YeI norezidentlari uchun ko‘chmas mulk xaridiga 100 foizli soliq joriy etadi
19:32 / 11.01.2025
Elektrotexnika sanoatida ayrim korxonalarga yangi soliq imtiyozlari berilishi mumkin
12:11 / 08.01.2025