Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda hafta oxirida havo iliq bo‘lishi kutilmoqda
Yakshanba kuni kechqurunga borib shimoliy hududlarda havo soviy boshlaydi.
Foto: Kun.uz
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida juda iliq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet» agentligi.
Juma kuni respublikaning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi.
Shanba va yakshanba kunlari aksariyat hududlarda harorat kechalari +3…+8 daraja, kunduz kunlari +15…+20 daraja, ba’zi joylarda +22 darajagacha bo‘ladi.
Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida harorat pasaya boshlaydi. Xususan, yakshanba kuniga kelib kechasi –1…–6 darajagacha, kunduzi –3…+2 darajagacha pasayadi.
22 fevralda janubiy hududlarda va cho‘l zonasida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 23 fevralda respublikaning ko‘pchilik hududlarida (Farg‘ona vodiysidan tashqari) ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi.
Toshkent shahrida 21–23 fevral kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari +5…+8 daraja, kunduz kunlari +17…+20 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
19:41 / 15.12.2025
Hafta davomida hududlarda yog‘ingarchilik kuzatiladi
18:24 / 14.12.2025
15 dekabrda O‘zbekistonning qator hududlarida qor yog‘ishi mumkin
10:38 / 13.12.2025
Toshkent havosida PM10 va PM2,5 ko‘rsatkichlari me’yordan oshmadi
18:59 / 12.12.2025