Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda ko‘rshapalaklar orasida yangi koronavirus aniqlandi
Virus odamlarga COVID-19 ga o‘xshash yo‘llar bilan yuqadi.
Xitoylik virusologlar ko‘rshapalaklar orasida koronavirusning yangi turi aniqlanganini ma’lum qildilar. South China Morning Post yozishicha, bu virus odamlarga COVID-19 ga o‘xshash yo‘llar bilan yuqadi.
Aniqlangan tur ilk bor Hongkongdagi yapon ko‘rshapalagi(netopir)da topilgan. Yangi virus ustidagi tadqiqotlar Guanchjou laboratoriyasida Xitoy Fanlar akademiyasi bo‘limi, shuningdek, Uxan universiteti va Uxan virusologiya instituti mutaxassislari hamkorligida olib borildi.
Yangi virus inson hujayralarini zararlashi mumkin. Ko‘rshapalak merbekoviruslari odamlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa orqali yoki oraliq tashuvchilar vositasida yuqishi ehtimoli katta.
Olimlar yangi virus turini HKU5-CoV-2 deb atadi. Virusologlarning aytishicha, bu virus “keng ko‘lamli tashuvchilarga ega bo‘lishi, turlar o‘rtasida uning tarqalish ehtimoli yuqori” bo‘lishi mumkin. Ular hozircha vahimaga sabab yo‘qligini ta’kidladi, ammo virus yanada chuqurroq o‘rganilishi zarur.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil dekabr oyida Uxan shahrida COVID-19 tarqalishni boshlagan edi. 2020 yil 30 yanvarda JSST buni favqulodda vaziyat deb e’lon qildi, 11 martda esa pandemiya deb tan oldi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab 7 milliondan ortiq kishi ushbu virus qurboniga aylangan.
Mavzuga oid
20:13 / 19.05.2026
Dunyo yangi global pandemiya ostonasida turibdi – JSST va GPMB
22:35 / 17.05.2026
Xitoyda 11-qavatdan qulagan bola tirik qoldi
10:49 / 17.05.2026
Tramp ortidan Putin ham Xitoyga tashrif buyuradi
18:48 / 16.05.2026