The Telegraph xabariga köra, bu mutatsiyalar ahamiyatsiz va virus faoliyatiga ta’sir qilmaydi. Şu bilan birga, qayd etilişiça, hozirgi vaqtda dunyoda yuqumlilik yoki ölim holatlarining yaqqol ösişi kuzatilmayapti.
Örganilayotgan Andes ştammi esa odamdan-odamga yuqişi mumkin bölgan yagona ma’lum hantavirusdir. Şu bilan birga, şifokorlarning ta’kidlaşiça, bu Covid-19 kabi pandemiyaning yangi avj olişi emas.
May oyi boşida Argentinadan Kabo-Verdega yöl olgan MV Hondius kruiz kemasida hantavirus tarqalişi qayd etilgan edi. «Nolinçi» bemor Janubiy Amerika böylab sayohat paytida kasallikni yuqtirib olgan.
10 may kuni layner Tenerifega yetib keldi, yölovçilarning bir qismi evakuatsiya qilindi - ularning barçasi Ispaniya fuqarolari edi. Keyin Niderlandiya, Turkiya, Fransiya, AQŞ va Buyuk Britaniyadan kelgan yölovçilar kemani tark etdi. Ertasi kuni yölovçilarni evakuatsiya qilişda iştirok etgan Ispaniya fuqaro gvardiyasi xodimi yurak xurujidan vafot etdi.
Keyinroq Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) rahbari Tedros Adanom Gebreyyesus mamlakatlarni hantavirusning yangi holatlariga tayyorgarlik körişga çaqirdi. Uning ta’kidlaşiça, rasmiylar JSST tavsiyalariga qat’iy rioya qilişi kerak, jumladan, 42 kunlik karantin va xavf guruhidagi odamlarning salomatligini doimiy nazorat qiliş. Şu bilan birga, JSST hantavirus bilan boğliq holat pandemiyaga aylanmasligi haqida bir neça bor bayonot berdi.

















