Zelenskiy oilasi 2024 yilda qancha daromad ko‘rgani ochiqlandi
Soliq deklaratsiyasiga ko‘ra, Ukraina prezidenti oilasi daromadining bir qismi shaxsiy ko‘chmas mulklarni ijaraga berishdan keladi.

Foto: REUTERS
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy oilasining 2024 yildagi umumiy daromadi 15 million 286 ming grivnani (taxminan 340 ming yevro) tashkil etdi, deb xabar beradi Ukraina prezidenti ofisi. E’lon qilingan soliq deklaratsiyasiga ko‘ra, ushbu mablag‘larning yarmidan ko‘pi, ya’ni 8,5 million grivnadan ortig‘ini Zelenskiy oilasi davlat obligatsiyalari to‘lovlari hisobiga olgan.
Qolgan mablag‘lar prezident maoshi, bank foizlari va shaxsiy ko‘chmas mulkni ijaraga berishdan olingan daromaddan shakllangan. «Davlat rahbari oilasining 2024 yil oxiridagi pul mablag‘lari sezilarli darajada o‘zgarmagan. O‘tgan yili Ukraina prezidenti oilasining aktivlari, ko‘chmas mulklari va transport vositalarida boshqa sezilarli o‘zgarishlar bo‘lmagan», — deyiladi xabarda.
2023 yilda Zelenskiy oilasining daromadi 12,4 million grivnani tashkil etgan. Prezident ofisi ma’lumotiga ko‘ra, yillik daromadning qariyb 3 million grivnaga oshishi «ijara to‘lovlarining to‘liq hajmda tiklangani» bilan bog‘liq.
2020 yildagi deklaratsiyaga ko‘ra, Zelenskiy 815 ming dollar daromad topgan, o‘shanda uning maoshi 336 ming grivna bo‘lgan. 2019 yilda uning oilasi daromadi 1,06 million dollarni tashkil etgan.
2024 yil oktyabrda Forbes jurnali eng ko‘p maosh oladigan davlat rahbarlarini e’lon qilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi o‘rinni yiliga 1,56 million yevro bilan Singapur bosh vaziri Lourens Vong egallagan. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni esa Shveytsariya prezidenti Viola Amerd (525 ming yevro) va Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaniz (380 ming yevro) band etgan. AQShning o‘sha vaqtdagi prezidenti Jo Bayden 400 ming dollar bilan to‘rtinchi o‘rinni egallagandi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Forbes ro‘yxatida 28-o‘rinni egallagan — uning yillik maoshi rasman 10,2 million dollarni tashkil etadi (bu oyiga 10 ming yevrodan ham kam demak).
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ispaniya kubogi. "Barselona" 116-daqiqada "Real"ga gol urib, musobaqa g‘olibi bo‘ldi
Sport | 03:45
-
Kamayadigan bojsiz limit, sotiladigan zavodlar va Lavrovning nolishi - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:15 / 26.04.2025
-
2024 yilning eng ochiq va eng yopiq davlat tashkilotlari ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 21:57 / 26.04.2025
-
Dafn marosimi va urush
Jahon | 21:30 / 26.04.2025
Mavzuga oid

21:30 / 26.04.2025
Dafn marosimi va urush

15:38 / 26.04.2025
Trampning yangi rejasi, Putinning sulhi, Kiyevning talablari - Geosiyosiy hafta tahlili

13:54 / 26.04.2025
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

11:31 / 26.04.2025