Kosta-Rika sobiq prezidentining Amerika vizasi bekor qilindi
Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureati, sobiq prezident Oskar Arias Sanches fevral oyida Tramp olib borayotgan siyosatni keskin qoralagan edi.

Foto: JOHN DURAN/John Durán
AQSh hukumati Kosta-Rika sobiq prezidenti va tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Oskar Arias Sanchesning vizasini bekor qildi, deb yozmoqda Nacion gazetasi.
Ariasning so‘zlariga ko‘ra, Amerika hukumati vizaning bekor qilinish sababini ko‘rsatmagan. Shu munosabat bilan sobiq prezident Donald Tramp ma’muriyati avtokratik xususiyatlarga ega ekanini ta’kidladi.
Ariasning qayd etishicha, Vashington taniqli chet elliklarga jazo sifatida vizalarni bekor qilish amaliyotini tez-tez qo‘llay boshlagan. Fevral oyida Kosta-Rika sobiq prezidenti Tramp tomonidan olib borilayotgan siyosatni keskin qoralagan edi.
Arias 1986-1990 va 2006-2010 yillarda Kosta-Rika prezidenti bo‘lgan. 1987 yilda u Markaziy Amerikadagi tinchlikparvarlik faoliyati uchun tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga munosib ko‘rilgan.
84 yoshli sobiq prezidentning so‘zlariga ko‘ra, AQSh rasmiylarining bu kabi qarori uning ikkinchi prezidentlik muddati davrida Xitoy bilan yaqindan aloqa o‘rnatishga uringani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ariasning fikricha, vizaning bekor qilinishi bo‘yicha qarorni Tramp emas, AQSh Davlat departamenti qabul qilgan.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Harvard Growth Lab: Besh yil ichida O‘zbekiston iqtisodiy murakkablik reytingida 25 pog‘onaga ko‘tarildi
Iqtisodiyot | 11:09
-
Malayziya O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida loyihalarni amalga oshirmoqchi
O‘zbekiston | 11:07
-
UZTELECOM – 12 million vatandoshlarimiz ishonch bildirgan tarmoq
O‘zbekiston | 11:00
-
Berlinda vokzallar va transportda pichoq olib yurish taqiqlanadi
Jahon | 10:45
Mavzuga oid

21:05 / 16.03.2025
Kosta-Rika ko‘chib o‘tish eng oson bo‘lgan mamlakat deya tan olindi

17:42 / 25.02.2025
AQShdan deportatsiya qilingan 7 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga olib kelindi

01:22 / 21.02.2025
Kosta-Rika AQShdan deportatsiya qilingan o‘zbekistonliklarni qabul qilishga rozi bo‘ldi

21:52 / 20.09.2024