Rossiya qo‘shini Sumi markaziga raketa zarbalari yo‘lladi. O‘nlab qurbonlar bor
30 dan ortiq kishi halok bo‘lib, 80 dan ortiq kishi yaralangan. «Ablahlargina shunday yo‘l tutishi mumkin», dedi Zelenskiy.

Foto: AP / Scanpix / LETA
13 aprel tongida rossiyalik harbiylar Sumi shahri markazi bo‘ylab ikkita raketa zarbasi berdi.
Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmatining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘qqa tutish oqibatida 34 kishi halok bo‘lgan, shundan ikki nafari bolalar. Yana kamida 117 kishi jarohatlangan. Yaralanganlar orasida — 17 nafar bola ham bor.

Hujum oqibatlari o‘rganilmoqda. Sumi oblasti harbiy ma’muriyati hujumdan keyin shahar markazida olingan foto va videolarni tarqatmoqda. Kadrlarda shaharda kamida bitta noturar joy binosi shikastlangani, bir necha mashina yonib ketgani ko‘ringan.
Bundan tashqari, mahalliy telegram-kanallarda joylashtirilgan videoda shahar ko‘chalaridan birida kuchli yong‘in bo‘layotgani aks etgan.
Ijtimoiy tarmoqlardagi roliklarda zarba oqibatida bitta trolleybus ham shikastlanganini ko‘rish mumkin.
BBC Ukraina xizmatiga ko‘ra, Sumi davlat universitetining Kongress-markazi zarba ostida qolgan, bu yerda ko‘pincha bolalar uchun mashg‘ulotlar o‘tkazilgan.
«Odamlar ko‘chaning qoq o‘rtasida, avtomobillarda, jamoat transportida ketayotganida, uyida o‘tirganida jarohat olgan. Politsiya zarba zonasiga kirishni cheklab qo‘ydi», – dedi Ukraina IIV rahbari Igor Klimenko. O‘qqa tutilgan joyda qutqaruv ishlari va hujum oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

«Rossiya ballistikasining Sumiga dahshatli zarbasi. Dushman raketalari oddiy shahar ko‘chasiga, oddiy hayotga: uylarga, o‘quv yurtlariga, ko‘chadagi mashinalarga zarba berdi... Va bu odamlar cherkovga boradigan kunda, – deya izohladi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy. – Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gap tinch aholi vakillari orasidagi o‘nlab qurbonlar va yaradorlar haqida ketmoqda. Faqat ablahlargina shunday qilishi mumkin. Oddiy odamlarning hayotini olib».
Zelenskiy AQSh, Yevropa va jahonning boshqa mamlakatlarini shahar o‘qqa tutilishiga qat’iy munosabat ko‘rsatishga chaqirgan. «Rossiya aynan shunday terrorni va bu urushni cho‘zishni istaydi. Tajovuzkorga bosim o‘tkazmasdan tinchlikka erishib bo‘lmaydi. Quruq gaplar hech qachon ballistika va aviabombalarni to‘xtata olmagan. Rossiyaga terrorchi munosib bo‘lgan munosabat ko‘rsatish kerak», — deya qo‘shimcha qilgan u.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shveytsariyada muzlik ko‘chishi oqibatida deyarli butun bir qishloq vayron bo‘ldi
Jahon | 19:50
-
Xitoy o‘zining ko‘p martalik tashuvchi raketasini sinovdan o‘tkazdi
Jahon | 19:44
-
Peterburgda xorijliklarga taksichi va kurer sifatida ishlash taqiqlanishi mumkin
Jahon | 19:33
-
Tramp Amerika universitetini yuz minglab xitoylik talabalardan «tozalashga» qaror qildi
Jahon | 19:31
Mavzuga oid

15:05
Germaniya: Kiyev bilan birgalikda qurol ishlab chiqarish tez orada boshlanadi

14:17
Rossiya Kiyev bilan muzokaralar yangi raundining joyi va vaqtini taklif qildi

11:21
Ukraina droni Moskvadagi ko‘p qavatli turar joy binosiga borib urildi

10:30