Yil boşidan buyon eng köp qimmatlaşgan oziq-ovqat mahsuloti bu – göşt. Kun.uz muxbiri Böstonliq çorva bozorida bölib, qoramol va qöy oldi-berdi qilayotgan savdogarlar bilan göşt narxi borasida suhbatda böldi.
Özbekistonda 2025 yilning boşidan buyon göşt narxlari sezilarli oşdi. Sönggi haftalarda Toşkentda suyakli mol göşti çakana savdoda 140 minggaça narxda sotilmoqda.
Çorsu bozorida bölgan Kun.uz muxbiriga köra, Özbekistonga bevosita qöşni bölmagan mamlakatlardan import qilinayotgan göştlar nisbatan arzon, lekin xaridorlarning bir qismida ularga nisbatan işonçsizlik bor.
Kun.uz muxbiri mahalliy göşt narxiga ta’sir qilayotgan omillarni örganiş uçun 18 may kuni Toşkent viloyatidagi Böstonliq çorva bozorida böldi.
Bozor iştirokçilariga köra, yem mahsulotlari narxi oşgani, çorva uçun yaylovlar qisqarib borayotgani fonida, yakka tartibda çorva boqişning afzalligi kamayib boryapti.
Bekobodlik çorvadorning aytişiça, bitta mol bir oyda 800 ming sömlik yem yeydi. Xumsonlik çorvadorga köra, bitta novvos uçun xaşaklaridan taşqari yem uçun bir oyda 4-5 mln söm ketyapti.
“Oldingi bozorga qaraganda, narx-navo tuşgan. Hozir may, dehqonlarga pul kerak, molini sotib dehqonçilikka urişi kerak. Lekin bozorlarda göşt qimmat. Mol narxi göştga nisbatan arzon. Hozir bitta hökizni 18 million sömga savdo qilyapti, göşt hisobiga hisoblasangiz, töğri kelmaydi. Men Töytepa tumanidan kelganman, bizda yaylovlar yöq: hamma qölda boqadi, dalaga çiqarolmaydi, dalaning hammasi fermerlarga berilgan. Yem narxlari esa baland”, – deydi çorvadorlardan biri.
“Yemxonadan yem olib boqsang, bu şunçaki topgan-tutgan ozgina pulingni yiğib beradi. Öşa uçun boqiladi. Yaylov yöq, fermer yaqiniga yölatmaydi. Xalqda pul yöq, göşt yeya olmayapti, tovuqqa ötib ketgan... Oldin yem, şulxa, kunjaralar arzon edi. Ana öşa paytda yaxşi foyda qolardi”, – deydi çorvadorlardan boşqa biri.
“Bozor bugun sal qaytib qoldi, savdo yöqroq. Oldin yem arzon paytda hammaning uyida mol bölardi. Şahar tomonlarda ham boqişardi ikkita-uçtalab. Hozir yöq-da, faqat çet el mollarni katta “obyomçi”lar boqyapti. Bitta-ikkita boqayotgan odam foyda qilmayapti. Nimaga? Sababi yem qimmat. 6 300 sömdan kunjara sotişyapti. U öxşamaydi-da. Narxni tuşiriş kerak”, – deydi olibsotarlardan biri.
“Men Böstonliqdanman. Yaylovlar deyarli qolmadi. Faqat uyda boqyapmiz, yemlab. Ozginani köçaga olib çiqsak olib çiqamiz, bölmasa unga ham taqiq qöyişyapti”, – deydi boşqa bir suhbatdoş.















