Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta oxirida harorat biroz ko‘tarilishi kutilmoqda
Foto: Kun.uz
11-13 iyul kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Farg‘ona vodiysining tog‘li hududlarida 11 iyul kuni kechga tomon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin, deb xabar berdi «O‘zgidromet».
Bugun kunduzi yoz faslining o‘rtasi uchun nisbatan qulay bo‘lgan havo harorati saqlanib turadi. Respublika hududining katta qismida termometr ustuni +32...+35 darajadan, janubda +36...+39 darajadan ko‘tarilmaydi. Eng salqin hudud Farg‘ona vodiysi bo‘lib, bunda harorat +28...+31 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Dam olish kunlari harorat asta-sekin ko‘tariladi va ko‘pchilik viloyatlarda kunduzgi harorat +35...+38 darajani tashkil eadi.
Harorat asosan kechalari +18...+23 daraja bo‘ladi.
Respublikaning ayrim joylarida 11–13 iyul kunlari shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida dam olish kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi.
Harorat asosan kechalari +20...+23 daraja, kunduz kunlari 11 iyulda +33...+35 daraja, 12–13 iyulda +35...+38 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:09 / 19.12.2025
Hafta oxirida yana qor yog‘ishi kutilmoqda
19:41 / 15.12.2025
Hafta davomida hududlarda yog‘ingarchilik kuzatiladi
18:24 / 14.12.2025
15 dekabrda O‘zbekistonning qator hududlarida qor yog‘ishi mumkin
10:38 / 13.12.2025