Duşanba kunduzi Özbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo kuzatiladi. Faqat Toşkent viloyatining ayrim joylarida va Farğona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Havo harorati +34…+36 daraja, janubda +38…+40 darajagaça böladi.

2–4 iyun kunlari respublika böyiça yoz faslining boşi uçun odatiy ob-havo bölişi prognoz qilinmoqda. Keçasi va kunning birinçi yarmida asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Kunning ikkinçi yarmida konvektiv bulutlilik rivojlanadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin.

Uşbu kunlarda havo harorati asta-sekin +28…+33 darajagaça, janubda +34…+37 darajagaça pasayadi.

5 iyunda faqat Farğona vodiysida ayrim joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomğir yoğişi mumkin. Havo harorati deyarli özgarmaydi.

Şamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/soniyagaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin. Toğoldi va toğli hududlarda 1–5 iyun kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğadi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel suv-toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.

Toşkent şahrida 1 iyunda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Harorat +34…+36 daraja böladi. 2–4 iyunda kunning ikkinçi yarmida qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Harorat asta-sekin +29…+31 darajagaça pasayadi.

5 iyunda yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat kunduzi +31…+33 daraja böladi. Şamol 3–8 metr/soniya tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10–15 metr/soniyagaça kuçayadi, şaharning ayrim joylarida çang-tözonlar bilan kuzatiladi.