Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident mustaqillikning 34 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha qaror imzoladi
“O‘zbekiston davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, milliy istiqlolning 34 yillik shonli sanasi Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot darajasi, jahon maydonidagi obro‘-e’tiboriga har tomonlama munosib tarzda, yuksak saviyada nishonlanadi.
Mustaqillikning 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan holda o‘tkaziladi.
Mustaqillik bayrami Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar hamda tumanlar, qishloq va ovullarda munosib nishonlanishi ta’minlanadi.
“Ona diyor – ranglar jilosida”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Eng ulug‘, eng aziz” kabi an’anaviy ko‘rik-tanlovlar yuqori darajada o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
19:55 / 04.07.2026
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
20:29 / 30.08.2024
Prezident mustaqillik bayrami arafasida 522 kishini afv etdi
15:26 / 30.08.2024
SSV mustaqillik bayrami va dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari qay tartibda ishlashi bo‘yicha ma’lumot berdi
19:17 / 31.08.2023