Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abbos Fayzullayev TsSKA bilan ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritdi
«Armiyachilar» Rossiya Superkubogida g‘alaba qozondi.
Foto: Stadion.uz
Rossiya Superkubogi.
«Krasnodar» – TsSKA 0:1
Gol: Diveyev 48.
«Krasnodar»: Agkatsev, Tormena, Diyego Kosta, Olasa, Gonsales (Petrov 67), Chernikov (Lenini 66), Krivsov (Kozlov 78), Spersyan, Viktor Sa (Mozes Kobnan 75), Joau Batchi (Furtado Santos 67), Kordoba.
TsSKA: Akinfeyev, Villian Rosha, Diveyev, Moyzes, Gayich, Krugovoy (Koyta 65), Kislyak, Shumanskiy (Fayzullayev 79), Oblyakov, Musayev (Alerrandro 79), Glebov (Kellven 83)
Ogohlantirishlar: Diyego Kosta, 90 – Diveyev, 18
Chetlatish: Mozes Kobnan, 89
Rossiyaning Qozon shahrida 12 iyul kuni futbol bo‘yicha Superkubok bahsi o‘tkazildi.
Unda amaldagi chempion «Krasnodar» va kubok sohibi TsSKA klublari bellashdi.
O‘yin taqdirini 47-daqiqada TsSKA futbolchisi Igor Diveyev tomonidan urilgan yagona gol hal qildi. Natijada «armiyachilar» o‘z tarixida 8-marta Superkubokda g‘alaba qozondi.
TsSKA tarkibida o‘zbekistonlik Abbos Fayzullayev 79-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Bu uning Rossiyadagi ikkinchi sovrini bo‘ldi. Avvalroq, u Rossiya Kubogida ham zafar quchgan edi.
Mavzuga oid
11:54 / 30.11.2025
Fayzullayev gol urishni boshladi, Shomurodov davom ettirdi, «Barsa» «Real»ni quvib o‘tdi
21:14 / 21.11.2025
O‘zbekistonda 2026 yilda FIFA Series futbol turniri o‘tkaziladi
18:44 / 29.10.2025
Argentina banki Maradona goli tasvirlangan tangani chiqardi
19:09 / 22.10.2025