O‘zbekiston | 09:41 / 24.07.2025
2962
1 daqiqa o‘qiladi

Bakalavriat uchun testlar to‘liq yakunlanadi

Jami 10 kun davomida respublika bo‘ylab testlar o‘tkazildi. Bugun oxirgi kun natijalari e’lon qilinadi. 

Foto: Kun.uz

Shundan so‘ng abituriyentlarga yo‘nalish tanlash imkoniyati ochiladi. Yo‘nalish tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi.

15 kun o‘tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak.

Imtihonga oid muddatlar:

14-23 iyul — test jarayonlari;
24 iyuldan 7 avgustgacha — yo‘nalish tanlash jarayoni (taxminiy muddat, o‘zgarishi ham mumkin);
8-17 avgust — mandatni tayyorlash jarayoni (taxminiy muddat);
17 avgust — mandat kuni (taxminiy muddat);
18-27 avgust — oliygohga kira olmagan abituriyentlarning texnikumlarni tanlash jarayoni (taxminiy muddat).

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilgi muddatlar:

14-25 iyul — test jarayonlari;
27 iyuldan 10 avgustgacha — yo‘nalish tanlash jarayoni;
11-17 avgust — mandatni tayyorlash jarayoni;
17 avgust — mandat kuni;
18-27 avgust — oliygohga kira olmagan abituriyentlarning texnikumlarni tanlash jarayoni.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid