Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistondagi zilzila kuchi O‘zbekiston hududlarida sezildi
Uning kuchi vodiy viloyatlarida 3–4 ballgacha sezildi. Poytaxt Toshkent aholisi ham yer qimirlashini his qildi.
5 avgust kuni soat 18:44 da Qirg‘iziston hududida 5,2 magnitudali zilzila qayd etildi.
O‘zbekiston Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lumotiga ko‘ra, zilzila epimarkazi Toshkent shahridan 292 km shimoliy-sharqda, 15 km chuqurlikda joylashgan.

Epimarkazda yer silkinishi kuchi 6 ballga yetgan. To‘lqinlar O‘zbekistonning bir qator viloyatlarida ham sezildi. Xususan, Andijon viloyatida 3–4 ball (epimarkazdan 68 km), Namangan viloyatida 3 ball (96 km) va Farg‘ona viloyatida 2–3 ball (131 km) darajasida kuzatildi.
Toshkent shahri aholisi ham yer qimirlashini his qildi, lekin markaz ma’lumotida zilzila poytaxt hududida sezilgani qayd etilmagan.
Keyinroq O‘zbekiston FVV O‘zbekiston hududida sezilish kuchini 2–4 ballga baholab, Toshkentda ham 2 balli yer qimirlashi kuzatilganini ma’lum qildi.
Hozircha zilzila oqibatida zarar ko‘rganlar yoki vayronagarchiliklar haqida ma’lumot yo‘q.
Mavzuga oid
21:53 / 26.02.2026
Yevropa Ittifoqi Qirg‘izistondan Rossiyaga reeksport ustidan nazoratni kuchaytirishni talab qildi
17:44 / 23.02.2026
«Do‘stimni ogohlantirgandim» – Japarov Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasidagi o‘zgarishlar haqida
19:27 / 21.02.2026
Qirg‘izistonda prezidentga bo‘ysunadigan tergov qo‘mitasi tuziladi
18:38 / 17.02.2026