O‘zbekiston | 17:00 / 16.08.2025
3263
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Kattaqo‘rg‘onda limonchilar uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida “Mahalliy mahsulot – milliy faxr: limonchilar bilan uchrashuv” tadbiri tashkil etildi. Tadbir “Qo‘shxo‘vuz” MChJ issiqxonasi hududida o‘tkazilib, unda hokimiyat vakillari, fermerlar, ilmiy mutaxassislar va tadbirkorlar ishtirok etmoqda.

Foto: Turonbank

Uchrashuv davomida limonchilik sohasining bugungi holati, innovatsion tajribalar va yangi loyihalar haqida so‘z yuritildi. Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi Jamshid Nasriddinov o‘z nutqida hudud iqtisodiyotida limonchilikning o‘rni va ahamiyatini alohida ta’kidladi.

“Turonbank” boshqaruv raisi o‘rinbosari Dilshod Rustamov esa fermerlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, hamkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘yish va tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, “Denov Agrostar” MChJ rahbari limonchilik sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishtiradi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari esa mahsulotlarni sertifikatlash tartibi va rasmiylashtirish jarayonlari haqida tushuntirishlar bermoqda. Tadbir davomida mehmonlar issiqxona hududini ko‘zdan kechirib, amaliy tavsiyalarga va o‘zaro fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Mazkur uchrashuv limonchilik sohasi vakillari uchun tajriba almashish, yangi hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish va kelgusidagi rejalarni belgilashda muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi degan umiddamiz.

Telegram |  Facebook | Instagram | YouTube

Reklama huquqi asosida

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin