Texnologiya | 22:33 / 21.08.2025
6794
1 daqiqa o‘qiladi

Google yangi Pixel qurilmalarini namoyish qildi

Ma’lumot berilishicha, Pixel 10 smartfonlari sun’iy ong orqali ishlaydigan funksiyalar bilan boyitilgan, xususan, qo‘ng‘iroqlar real vaqt rejimida bir tildan boshqa tilga tarjima qilinishi mumkin.

Foto: Google

Google kompaniyasi Made by Google tadbirida yangi Pixel smartfonlari va boshqa qurilmalarini namoyish qildi.

Ma’lumot berilishicha, Pixel 10 smartfonlari sun’iy ong orqali ishlaydigan funksiyalar bilan boyitilgan, xususan, qo‘ng‘iroqlar real vaqt rejimida bir tildan boshqa tilga tarjima qilinishi mumkin.

Smartfonlarning tashqi ko‘rinishi deyarli o‘zgarmagan. Pixel 10 bazaviy modeli narxi 799 dollardan va buklama modeli narxi 1799 dollardan boshlanadi.

Pixel 10, Pixel 10 Pro va Pixel 10 Pro XL avgustda, buklama Pixel 10 Pro Fold oktyabrda sotuvga chiqadi.

Barcha smartfonlar Google Tensor G5 protsessorida ishlaydi.

Google shuningdek, Pixel Watch 4 “aqlli” soati va Pixel Buds 2a simsiz quloqchinlarini namoyish qildi.

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid