Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIB Navoiyda kaltaklangan fuqaro bilan bog‘liq holatga aniqlik kiritdi
Navoiy viloyati IIB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Navoiy shahrida olimpiada chempioni bir fuqaroni urib tan jarohati yetkazgani tasvirlangan videoxabar yuzasidan rasmiy ma’lumot taqdim etdi.
Foto: IIB
Mazkur holat Navoiy viloyati IIB tomonidan o‘rganildi. Aniqlanishicha, voqea joriy yilning 22 avgust kuni tungi soat 2:00 larda Navoiy shahar Ziyokor mahallasi hududida sodir etilgan.
Karmana tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan S.A. mazkur mahalla hududida joylashgan restoranlarning biriga o‘ziga yaqindan tanish bo‘lgan fuqarolar bilan ovqatlanish uchun borgan.
Yakunda fuqaro S.A. to‘lovni amalga oshirgan va yetmay qolgan ma’lum miqdordagi pul mablag‘ini avtomashinadan olib berish uchun tashqariga chiqqan vaqtida, mazkur restoranda ishlovchi 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro M.U. uning oldiga borib, qolgan to‘lov pulini ham amalga oshirishini so‘ragan.
Spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan S.A. o‘zaro og‘zaki tortishib qolib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, o‘ziga oldindan tanish bo‘lmagan fuqaro M.U.ni hech bir sabablarsiz qo‘li bilan yuz sohasiga urib, tan jarohati yetkazgan.
Surishtiruvlar davomida gumonlanuvchi fuqaro S.A. olimpiada chempioni emasligi, o‘sha kuni restoranga 1995 yilda tug‘ilgan, disk uloqtirish bo‘yicha ikki karra paralimpiada chempioni, fuqaro E.S. bilan birgalikda uning avtomashinasida borgani, o‘zaro tortishuv kelib chiqqan jarayonda fuqaro E.S. avtomashina salonida bo‘lgani va holatga keyinchalik aralashib, fuqaro S.A.ni tinchlantirishga harakat qilgani hamda jabrlanuvchi fuqaroga tezkorlik bilan yordam ko‘rsatgani ma’lum bo‘ldi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:10 / 30.11.2025
Navoiyda brakonerlar ekologiya inspektoriga kuch ishlatishdi
11:47 / 28.11.2025
Navoiydagi qattiq tartibli koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkum shifoxonada vafot etdi
11:22 / 26.11.2025
Toshkentda mast holda bezorilik qilgan shaxs qo‘lga olindi
10:29 / 26.11.2025