Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Huquqiy axborotni tarqatishning kompleks tizimi joriy etilmoqda
Prezident farmoni bilan huquqiy axborotni proaktiv shaklda yetkazish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari belgilandi.
Foto: Kun.uz
Maqsad va vazifalar:
- huquqiy madaniyat va huquqiy ongni yuksaltirishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish va innovatsion yondashuvlarni joriy etish;
- huquqiy axborotni manzilli va maqsadli yetkazish;
- huquqiy axborotni yetkazishning samaradorligi past usullarini, xususan "davra suhbatlari", uchrashuvlar va seminarlarni tubdan qisqartirish.
2026 yil 1 fevralga qadar Lex.uz orqali "aqlli targ‘ibot" shaklida "proaktiv qonunchilik" tamoyili joriy etiladi, unga muvofiq:
- Lex.uz soliq organlari portali va YaIDXP bilan integratsiya qilinadi;
- qonunchilik tarmoqlarining umumhuquqiy klassifikatorining har bir kodi iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichining tegishli guruhiga, shuningdek tegishli davlat xizmatlariga biriktiriladi;
- tadbirkorlik sub’yektlari va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning soliq.uz tizimidagi shaxsiy kabinetiga ularning roziligi bilan faoliyat turiga doir qabul qilingan yangi NHH mazmuni haqida axborot yuboriladi;
- YaIDXP foydalanuvchilarining shaxsiy kabinetiga ularning roziligi bilan foydalangan yoki kelgusida foydalanishi mumkin bo‘lgan xizmatlarni avtomatik tahlil qilish asosida zarur NHHga havolalar yuboriladi.
NHH loyihalarini muhokama qilish portalidagi loyihalar mazmuni haqida jismoniy va yuridik shaxslarga axborot yuborish orqali "huquqiy targ‘ibot loyihadan boshlanadi" tamoyili joriy etiladi.
2026 yil 1 martdan Ijro.gov.uz ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali NHHni ijrochilarga yetkazish, ularning mohiyati va mazmunini tushuntirish faoliyati ustidan nazoratning yangi tartibi ishga tushiriladi.
NHHning mohiyati va mazmunini ijrochilar va keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan nazorat qilish uchun Adliya vazirligi Ijro.gov.uz'da huquqiy axborotni tarqatish kartotekasini yuritadi.
"Huquqiy axborot siz uchun qulay vaqtda" tamoyili asosida huquqiy axborotni tarqatishda fuqarolik jamiyati institutlari, NNT va tadbirkorlik sub’yektlari faol ishtirok etadi.