Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yerlardan foydalanish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish takomillashtiriladi
“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘orilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos obektlarni joylashtirishdan oldin axborot tizimlari orqali ariza beruvchida ushbu uchastkasiga ijara huquqining mavjudligi, davlat yer kadastri bo‘yicha yer uchastkasining jami maydoni tekshiriladi.
Ichki xo‘jalik yer tuzish loyihasida yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos bo‘lgan obektlarni yer uchastkasi tarkibidagi sug‘orilmaydigan yerlarga joylashtirish (qurish) nazarda tutiladi.
Chorvachilik yo‘nalishlarida ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘orilmaydigan yerlarda 1 gektardan ko‘p bo‘lmagan, biroq ijaraga berilgan kontur maydonining 1 foizidan oshmagan qismida qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi obektlarni joylashtirishga ruxsat etiladi.
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos bo‘lgan obektlarni joylashtirishga yo‘l qo‘yiladigan ayni bir yer maydoni bir marta belgilanadi, kelgusida ushbu obekt turini o‘zgartirishga xizmat ko‘rsatuvchi yer maydonini oshirmaslik sharti bilan yo‘l qo‘yiladi.
Mavzuga oid
18:13 / 21.05.2026
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi tashkil etiladi
19:38 / 02.04.2026
To‘rtta viloyatda zararkunanda chigirtkalar tuxumdan chiqa boshladi
19:30 / 15.03.2026
O‘zbekistonga Xitoydan 100 ta agrodron olib kelindi
15:41 / 23.02.2026