Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyatida yer silkinishi kuzatildi
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi. Quvasoy, Farg‘ona tumani va Farg‘ona shahrida yer silkinishi 2-3 ballni tashkil qilgan.
Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lumotlariga ko‘ra, yer silkinishi soat 06:20 da sodir bo‘lgan.
Zilzila episentri Botken tumanida, 5 kilometr chuqurlikda, Toshkent shahridan 246 kilometr janubi-sharqda joylashgan. Magnituda 3 ni tashkil etdi.
O‘zbekistonda yerosti silkinishlari asosan Farg‘ona viloyati - Quvasoy shahri, Farg‘ona tumani va Farg‘ona shahrida sezildi.